Namangan viloyati Kosonsoy tumani 27-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi 8-sinf o`quvchisi G`ulomjonova Sayyora
Mening bobom, buvim — mahallamiz faxri.
Suyanchiqdir- tog`imiz har on,
Kundan kunga turmush farovon.
Ular bilan totli har zamon ,
Baxtimizga bo`lishsin omon.
Har bir tongni savobdan boshlang.
(R.Mirzaolimov)
Reja:
I. Kirish:
Keksalarni e`zozlagan yurt obod bo`lur.
II. Asosiy qism:
1. Bobo va buvilarimiz - bizning faxrimiz.
2. Buvijonim o`g`itlari.
3. Mahallamiz momolari .
4. Qarisi bor uyning parisi bor.
III.Xulosa:
Mening bobom , buvim - mahallamiz faxri.
Har tong qo`shni amakining maktabga ketayotgan mahalla bolalariga “Bugun ikkitadan “5”baho olib qaytinglar, “2” baho olsalaring, bu ko`chadan o`tkazmayman”,- deya hazil aralash tayinlayotganlarini tez-tez eshitib qolaman. Bolalar ham darsdan qaytayotib, kim necha baho olgani haqida , albatta, amakiga aytib o`tishadi.
Ikki eshik naridagi uyda yashaydigan 80 yoshli Rixsi xola esa, har tong bu bolalar ortidan , — Ilohim omon bo`1inglar , ota-onalaringiz rohatingizni ko`rib yursin , insofli ,
diyonatli esli - hushli bo`lib ulg`ayinglar, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo`lsin,- deb duo qilib qoladi.
Bu duogo` y otaxon va onaxon nafaqat bolalarni , balki o`qishga, ishga otlangan barcha mahalla ahlini ana shunday yaxshi tilaklar bilan kuzatishadi. Samimiy duolardan ko`ngil to`g`dek ko`tarilgan ruhi tetik , ezgulik va yaxshilikni qalbiga jo qilgan katta-yu kichik esa ko`zlagan manzili tomon shahdam odimlaydi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimda Yurtboshimiz yangi - 2015 — yilni “Keksalarni e`zozlash yili” deb nomladi. Ma`ruzadagi ushbu so`zlarga bir quloq tuting -a :
“Keksalarga hurmat, mehr — oqibat ko`rsatish, ma`naviy hayotimizning tom ma`noda ajralmas qismiga aylangan”.
Bir oylab ko`raylik, “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qariyalar — xonadonomizning fayzi va farishtasi” , -degan maqol va hikmatli so`zlarimizda qanday chuqur ma`no bor. Haqiqatdan ham, qaysi xonadonda nuroniy otaxon va onaxon bo`lsa , bu oilada, albatta, fayz-u baraka, farovonlik, ahillik bo`lishini barchamiz bilamiz.
Mening bobom 70 yoshda. Buvim esa 65 yoshda. Ularni juda ham yaxshi ko`raman. Chunki ular xalqimizning qadimiy va shonli tarixini, o`chmas sahifalarini, ajdodlarimizning buyuk merosini, qadriyat va urf-odatlarimizni yoshlarimizga yetkazish , yoshlarni qalbini tobora poklik, ularning bizning burchimiz va faxrimiz.
Yurtboshimiz tomonidan 2015 –yilni “Keksalarni e`zozlash yili” deb e`lon qilinganligini eshitib juda quvondim. Keksalarga hurmat - ehtirom ko`satilayotgan zarafshon kunlarni ko`rmay o`tib ketgan buvijonimni ko`z o`ngimga keltirarkanman, ularning o`g`itlari qulog`im ostida jaranglaydi. Buvim ansha keksayib qolganiga qaramay, doim ro`zg`or yumushlari bilan kuymalanib yurardi. Bolalik qilib biror yumushdan bosh tortgudek bo`lsak, yoniga chaqirib nasihat qiladi .”Har doim tong sahardan eshik oldi , hovli yuzasini supir , yerni yuzi ochiladi. Uyqudan qancha erta turib darvozani ochsang, uyinga shuncha baraka kiradi . Ayniqsa, oshxonada yurganingda sochingni yig`ishtirib , ro`mol o`rab ol ! ”- derdi. Buvim isrofgarchilikni yomon ko`rgani uchunmi, suv jo`mragidan suv oqib turganini ko`rsa darhol jo`mrakni yopib , bizni koyirdi .
Hech esimdan chiqmaydi , ertapishar o`riklar endigina qizara boshlaganda, qo`shni qizlarga ergashib ,qishlog`imiz chekkasida yashaydigan Qodir boboning bog`iga o`rikxo`rlikka tushdik . Ukalarimga maqtanmoqchi bo`lib olib kelgan o`riklarimni dasturxon ustiga qo`ydim . “Jigarlarini o`ylaydigan mehribon qizim, ”-deb meni erkalab suyishlarini kutib , buvimga qaragan edim , jahl bilan tikilib turgan nigohlariga to`qnashdim . O`shanda birovning bog`idan so`roqsiz bir tishlam meva yeyish, o`g`rilik gunoh ekanligini tushuntirib meni yetaklagancha, Qodir boboning oldiga olib borgandi. Men uchun qayta-qayta uzr so`rab, ko`zi yoshga to`lgan buvimning ahvolini ko`rib, katta xato qilganimni anglaganman va bir umrlik saboq olganman.
Oqtepa qishlog`imizning har-bir xududi o`ziga xos tarovatga ega. Odamlari mard, qat`iyatli, mehmondo`st hamda shirinsuxon. Katta-yu kichikni sizlab, izzatini joyiga qo`yib gapirishganida ular bilan faxrlanib ketaman. Ayniqsa, o`zim tug`ilib o`sgan qishlog`imizni xosiyatli, ko`rkam makon degim keladi. Sababi , qishlog`imizning huroniy otaxon-u onaxonlari qishlog`imizga o`zgacha fayz bag`ishlab turishadi.
Keksalarni hurmat qilib, ularning o`g`itiga quloq solishsa, kam bo`lmaymiz. O`zlari 80 yoshni qoralayotgan buvilar-u , hali hamon buvimning o`g`itlari qulog`imda turadi. “Birovga tik qarama, egilib odob bilan salom bergin” . Mening bobom va buvim mahallamizning faxri hisoblanadi.
Buvim bilan bog`liq xotiralarni eslarkanman, ulardan ko`p narsani o`rg`anib
qolmaganimga achinaman. Hamma yoqni saramjon olib yuradigan buvim kiyinishga ham alohida ahamiyat berardi.
Buvimning yana bir ajoyib odati bor edi .Kitob o`qishni yahshi ko`rardi. Barcha nabiralarini to`plab bir-biridan qiziq rivoyatlarni o`qib berardilar. Shuning uchunmi kitobga bo`lgan mehrim bo`lakcha. Hayolimni kichik ukamning gapi bo`ldi;
— Opajon buvimni ko`rgani qachon boramiz?
— Ertaga, yo`q bugun hoziroq boramiz . Mening buvimni mahallamiz bolalari juda yaxshi ko`radi. Chunki buvim bolalarcha quvnoqlik bilan hayotga boqadi. Uning ko’zlaridagi mung o’tmish xotiralarini yodga soladi. Buvijonlar duoga qo’l ochishganda, mustaqil yurtimizni ravnaq topishiga, o’sib — ulg’ayib kelayotgan yosh avlodlarni komil insonlar bo’lib yetishishlariga, ota – bobolarimiz bosib o’tgan yo’llarini davom ettirishda so’nmas iz qoldirishimizni tilab, shukronalar aytishadi. Yurt ertasini o’ylaydigan nabiralari kelajagi uchun qayg’radigan piru – badavlat otaxon va onaxonlarimiz, “Keksalarni e’zozlash yili” da e’zoz topib, yuksak qadrga ega bolishsin .